Yana 100 ta nodir eksponat xorijdan O'zbekistonga qaytarildi

Yana 100 ta nodir eksponat xorijdan O'zbekistonga qaytarildi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tarixda kuzatilmagan ulkan ishlar amalga oshirildi: ajdodlarimiz tomonidan yurtimiz hududida ishlangan, tayyorlangan, nusxa ko'chirilgan, biroq, xorijga olib ketilgan va ularning muzeylarida saqlanayotgan noyob buyumlar qaytarildi. Bu haqda "Zamon" informatsion dasturi lavha tayyorladi.

Yana 100 ta nodir eksponat xorijdan O'zbekistonga qaytarildi


Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi turli davlatlarda safarda bo'lib, noyob buyumlarning 2 mingtasini vatanga qaytardi. Asrlar osha bizgacha yetib kelgan bu meros Markaz ekspozitsiyasidan o'rin oladi. Hozirda barcha eksponatlar Markaz fondiga joylashtirilgan bo'lib, olimlar tomonidan o'rganilmoqda.

Yana 100 ta nodir eksponat xorijdan O'zbekistonga qaytarildi
Yana 100 ta nodir eksponat xorijdan O'zbekistonga qaytarildi
Yana 100 ta nodir eksponat xorijdan O'zbekistonga qaytarildi

Xorijdagi kolleksiyalardan, asosan, Britaniyadan olib kelingan 100 ta eksponat orasida Ka'ba yopinchig'i — kisva bo'lagi, payg'ambarimiz Muhammad (SAV) maqbaralarida ma'lum muddat foydalanilgan mato, kichik hajmli Qur'on (5 cm), ajdar boshli idishlar, harbiy anjomlar va boshqa artefaktlar bor. Ahamiyatlisi, ularning hammasi asl nusxada.

Yana 100 ta nodir eksponat xorijdan O'zbekistonga qaytarildi
Yana 100 ta nodir eksponat xorijdan O'zbekistonga qaytarildi
Yana 100 ta nodir eksponat xorijdan O'zbekistonga qaytarildi

O'zbekistonning madaniy merosini tiklash borasidagi yana bir tarixiy yutug'i — qadimgi Baqtriya (hozirgi Surxondaryo) xazinalarining Londondan Vatanga qaytarilishi bo'ldi. Qimmatbaho toshlar (feruza, lazurit, oniks) bilan bezatilgan taqinchoqlar, mil.avv. IV asrga oid qurol-aslahalar, hanjar g'iloflari va boshqa unikal artefaktlar Markaziy Osiyo hududida islomdan ancha ilgaroroq ham yuksak taraqqiy etgan sivilizatsiya mavjud bo'lganligini yaqqol tasdiqlaydi.

 

Qaytarilgan durdonalar mintaqaning ko'p ming yillik tarixi va madaniy davomiyligini namoyon etadi.