Boburiylar tangalari: "MEHROBI"

Boburiylar tangalari: "MEHROBI"

Ilk boburiylar davri tangalari ajoyib xattotlik san’atini namoyish etadi. 

 

Akbar oltin, kumush va misdan tangalar chiqargan. Uning oltin tangalari — MUHR, kumush tangalari — RUPIY, mis tangalari — DOM deb atalgan. Ular asosan dumaloq, ba’zilari kvadrat shaklida zarb qilingan.

 

Akbarning esdalik oltin tangalari olti burchakli shaklda bo‘lib, ustki va pastki tomonlari sal cho‘ziqroq edi. Mehrobni yodga soladigan shakli tufayli “MEHROBI” nomi bilan ham mashhur bo‘lgan.  

 

Mehrobi tangalar numizmatika san’atining eng yaxshi namunalaridan biri sanaladi.

Boburiylar tangalari: "MEHROBI"
Boburiylar tangalari: "MEHROBI"