O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida otlar, qushlarni davolash va ovchilikka bag'ishlangan qo'lyozma asarlarning nusxalari to'plami saqlanadi. Ularning ayrimlari boburiylar davrida ko'chirilgan.
Gippologiya (otlar haqida) bo'yicha e'tiborga molik asarlardan 3 tasini qayd etish mumkin:
- "Koshif al-vayl fi ma'tifat amrod al-xayl" (Otlarning kasalliklarini bilishda falokatlarni aniqlash) nomli yuk tashuvchi hayvonlarni davolash va otlarni o'rgatishga bag'ishlangan arab tilidagi ensiklopediya. Muallifi abu Bakr ibn al-Mundir al-Baytar (XIV asr) Misr va Suriyada hukmdor bo'lgan mamluklar sultoni Muhammad Mansur ibn Qalaun saroyining bosh veterinari bo'lgan;
- "Mizmori donish" (Bilim maydoni) fors tilida yozilgan asarning XIX asr qo'lyozmasi;
- "Farasnoma" sanskrit tilida yozilgan, Shoh Jahon davrida noma'lum tarjimon tomonidan forschaga o'girilgan.
Ushbu 3 nusxadan 2 tasi otlarning rangli miniatyuralari chizilgan ziynatli qo'lyozmalardir.
_x39mQ26_1.webp)
_1.webp)
Son jihatdan "Boznoma"lar, ya'ni lochin haqidagi risolalar ko'proq. Jumladan, lochin bilan ov qilishga o'ta ishqiboz bo'lgan boburiy Jaloliddin Akbar (1556—1605) davrida yozilgan bir nechta asarlar nusxalari mavjud.
_1.webp)
Institut fondida "Shikornoma"lar — ov haqidagi asarlar ham saqlanmoqda. Ular orasida "Kitobi saydiya" (Ov haqida kitob)ning ayrim nusxalari nafis ishlangan rangli suratlari va naqsh bezaklari bilan ajralib turadi. Asarning 7 nusxasidan dastlabkisi 1553-yilda ko'chirilgan.

