Markaziy Osiyo maʼnaviy merosiga qaratilgan xalqaro Kongress o‘tkaziladi

Markaziy Osiyo maʼnaviy merosiga qaratilgan xalqaro Kongress o‘tkaziladi

Joriy yilning 13-15-noyabr kunlari Toshkentda “Markaziy Osiyoda maʼnaviy meros va maʼrifatparvarlik” mavzusidagi xalqaro Kongress bo‘lib o‘tadi.

Markaziy Osiyo maʼnaviy merosiga qaratilgan xalqaro Kongress o‘tkaziladi

Islom sivilizatsiyasi markazi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti hamda WOSCU tashkiloti hamkorligida o‘tkazilayotgan anjumanda 300 ga yaqin xorijiy va mahalliy olimlar ishtirok etishi kutilmoqda.

 

Kongress dasturi doirasida yoshlar forumi, madaniy ko‘rgazmalar va “Markaziy Osiyo: buyuk o‘tmish — buyuk kelajak” mavzusidagi badiiy ekspozitsiya ham tashkil etiladi. Bu loyihalar orqali mintaqa xalqlarining umumiy ilmiy va madaniy merosi, ularning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi keng namoyish etiladi.

 

Shuningdek, mintaqa mamlakatlarida saqlanayotgan qo‘lyozma merosi, maʼrifatparvarlik g‘oyalari va ularning zamonaviy tahliliga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar jamlangan “Markaziy Osiyo maʼnaviy merosi” nomli maxsus ilmiy to‘plam taqdimot qilinadi.

 

Taʼkidlanishicha, anjuman ilm-fan, tarix, madaniyat, sanʼat, kino, muzeyshunoslik va kutubxona ishi uchun muhim maydon bo‘ladi, ishtirokchilar ilk bor Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan yaqindan tanishadi.