O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoniga asosan, transchegaraviy qo‘shma turistik marshrutlarni kengaytirish maqsadida “Turkmaniston – Xorazm – Qoraqalpog‘iston – Qozog‘iston” yo‘nalishida yangi turistik yo‘lak-halqa ishlab chiqildi.
Turizm qo‘mitasi tegishli tashkilotlar hamda xususiy sektor vakillari bilan hamkorlikda mazkur yo‘nalishni sayyohlar uchun qulay, mazmunli va madaniy boy kontentga ega qilib shakllantirdi. Yo‘nalishga UNESCO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hamda milliy va mintaqaviy ahamiyatga ega 15 dan ortiq obyekt qamrab olingan. Jumladan:
Turkmanistonda - Qadimgi Marv shahri, Darvoza gaz krateri, Ko'hna Urganch;
Xorazmda - Ichan qal’a, Dushan qal’a;
Qoraqalpog‘istonda - I.V. Savitskiy muzeyi, Qizil qal’a, Chilpiq qal’a, Sulton Uvays Bobo ziyoratgohi, Tuproq qal’a, Ayoz qal’a;
Qozog‘istonda - Torish vodiysi, Bo‘zjira vodiysi, Shaqpaq Ota maqbarasi, Sherqal’a tog‘i.
Sayyohlar va turistik tashkilotlarga mazkur yo‘nalish bo‘yicha mustaqil ravishda yoki turistik guruhlar tarkibida sayohatlarni tashkil etish tavsiya etiladi.

