Nurota tog‘ tizmasidagi noyob qoyatosh suratlari hujjatlashtirildi

Nurota tog‘ tizmasidagi noyob qoyatosh suratlari hujjatlashtirildi

Joriy yilning iyun-iyul oylari davomida Samarqand arxeologiya institutining “Qoyatosh rasmlarini o‘rganish guruhi” tomonidan “O‘rta Zarafshon havzasi qoyatosh rasmlari katalogini yaratish” loyihasi doirasida arxeologik tadqiqotlar amalga oshirildi.

Nurota tog‘ tizmasidagi noyob qoyatosh suratlari hujjatlashtirildi

Tadqiqotlar davomida Nurota tog‘ tizmasining Oqtog‘, G‘o‘bdintog‘ va Qaroqchitog‘ tog‘laridan oqib tushuvchi soy va daralarda joylashgan Qoraqismoqsoy, Yetimsoy, Alamlisoy, Andoqsoy, Oqmo‘lasoy, Kuyukdara, Burgansoy, Jizmonsoy va Sangijumonsoy yonbag‘irlaridagi qoyatosh rasmlari o‘rganilib, ro‘yxatga olindi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar qildi. 

 

Tasvirlarda ibtidoiy kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, e’tiqodi, dunyoqarashi va hayvonot olami haqidagi tasavvurlari ifodalangan. Ular orasida odamlar, ibtidoiy buqa va sigirlar, sher, bug‘u, tog‘ echkisi, ot, qulon kabi yovvoyi hayvonlar aks etgan. Ayniqsa, tog‘ echkilarining yugurib ketayotgani va ular ortidan sherning quvib borayotgan manzarasi alohida e’tiborga loyiq. 

Nurota tog‘ tizmasidagi noyob qoyatosh suratlari hujjatlashtirildi
Nurota tog‘ tizmasidagi noyob qoyatosh suratlari hujjatlashtirildi

Qoyatosh rasmlari qadimgi odamlarning hayot tarzini, xo‘jalik faoliyatini, diniy qarashlarini o‘rganishda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.