O'sh shahrida Alisher Navoiy haykali o'rnatildi

Qirg'iz Respublikasining O'sh shahrida buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy haykali o'rnatildi. 

 

Navoiy bog'ida tashkil etilgan ochilish marosimida O'sh shahar meri, deputatlar, TIV vakillari, mahalliy aholi qatnashgan. So'zga chiqqanlar Navoiy haykali turkiy xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va maʼnaviy hamkorlik ramzi ekanligini hamda o'zbek va qirg'iz xalqlari o'rtasidagi yaqin qo'shnichilik, qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta'kidlagan. 

O'sh shahrida Alisher Navoiy haykali o'rnatildi
Foto: Turmush.kg

 

Ma'lumot uchun, Alisher Navoiy haykali boshqa bir qator davlatlarda, xususan, Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Belarus, Ukraina, Eron, Xitoy, Koreya kabi mamlakatlarda ham qad rostlagan.