Registon va Tojmahalni nima bog‘laydi?

Registon va Tojmahalni nima bog‘laydi?

Sharqning betakror meʼmoriy yodgorliklari orasida Registon va Tojmahal alohida o‘rin tutadi. Ular nafaqat o‘z davrining buyuk inshootlari, balki madaniy aloqalar timsoli sifatida ham ahamiyatlidir.

 

Qizig‘i shundaki, Samarqanddagi Registon maydoni va Agradagi Tojmahal deyarli bir vaqtda qurilgan. Bu ikki muhtasham bino o‘rtasidagi o‘xshashliklar tasodif emas, balki Ashtarxoniylar va Boburiylar davlatlari o‘rtasidagi chuqur madaniy va meʼmoriy hamkorlikning natijasidir. 

 

XVII asrda ushbu ikki buyuk davlat o‘rtasida diplomatik va iqtisodiy aloqalar yuqori pog‘onaga ko‘tarilgan edi. Buni Avrangzeb hukmronligi davrida ishlangan Imomqulixon portreti ham tasdiqlaydi. Registon va Tojmahal qurilishida o‘z davrining eng mohir meʼmorlari ishtirok etgan, ular bir-biridan andoza olib, o‘zaro hamkorlik qilganlar. 

 

Bugungi kunda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida mazkur ikki tarixiy yodgorlikning o‘xshash va farqli jihatlari, meʼmorlari va ularning bunyod etilishi tarixi haqida maʼlumotlar to‘planmoqda. Shuningdek, ushbu durdonalarga bag‘ishlangan maxsus media kontentlar tayyorlanib, muzeyda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Registon va Tojmahalni nima bog‘laydi?