O‘zbek mumtoz adabiyoti o‘ziga xos boy an’analarga ega bo‘lib, uning rivojida har bir ijodkorning o‘rni beqiyosdir. XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asr boshlarida yashab o‘tgan Muhammad Shayboniyxon nafaqat yirik davlat arbobi, balki she’riyatning yorqin namoyandasi sifatida ham yuksak maqomga ega.

Kamoliddin Behzod
Muhammad o‘z davrida Husayn Boyqaro va Bobur singari hukmdorlar qatorida siyosat va ijodni uyg‘un olib borgan shaxslardan biri edi. U fors va arab tillarini puxta egallagan bo‘lib, turkiy she’riyat an’analarini boyitgan. Uning "Bahr-ul xudo" dostoni va fiqhga oid risolasi zamonasida muhim asarlar sirasiga kirgan. Tilshunoslik yo‘nalishida ham uning turkiy til qonun-qoidalari haqidagi asari mavjud.
Mustaqillikdan so‘ng xon asarlari badiiy va tilshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq etila boshlandi. Shoir g‘azallarida inson va hayot falsafasi, muhabbat va vafo mavzulari, diyor va Vatan, shuningdek, falsafiy mulohazalar asosiy o‘rin tutadi.
Muhammad Shayboniyxonning adabiy va ilmiy merosi bugungi kunda Islom sivilizatsiyasi markazida ham chuqur tadqiq etilmoqda. Uning asarlarini o‘rganish asosida yangi ilmiy ishlanmalar tayyorlanishi kutilmoqda. Shuningdek, Markaz ekspozitsiyasida Shayboniyxon ilmiy merosiga oid kontentlar namoyish etiladi. Bu tadqiqotlar uning ijodiy mahorati va adabiy merosini yanada kengroq o‘rganishga xizmat qiladi.
