Что итальянский сенатор Адамоли делал при дворе Худояр хана?

Samarqanddagi Shohi Zindani eslatuvchi Shahrisabzdagi maqbara

«Dor ut-tilovat» majmuasi – Shahrisabzdagi ulkan xilxonaning o‘ziga xos «diniy-mafkuraviy markazi» deb hisoblangan Gumbazi Sayyidon («Sayyidlar gumbazi») maqbarasi 1437 yilda Amir Temurning nevarasi, mashhur Mirzo Ulug‘bek (1409–1449 yillarda hukmdorlik qilgan) farmoyishiga binoan barpo etilgan.

Mazkur xilxona boshqa imoratlar bilan birgalikda yaxlit va noyob «Dor ut-tilovat» memorial-arxitektura majmuasini tarkib toptiradi. U yuqorida aytib o‘tilgan Shayx Shamsiddin Kulor maqbarasiga taqalib turadi, janub tarafdan esa o‘z qiyofasi va tashqi bezatilishi jihatidan Samarqanddagi Shohi Zinda xilxonasida Mirzo Ulug‘bek davrida bunyod etilgan meʼmoriy yodgorliklarni eslatib turadi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida tanishishingiz mumkin.
 

Samarqanddagi Shohi Zindani eslatuvchi Shahrisabzdagi maqbara