“Mega Basim” nashriyot uyida kitob-albomlarni chop etish bo‘yicha birlamchi kelishuvga erishildi

“Mega Basim” nashriyot uyida kitob-albomlarni chop etish bo‘yicha birlamchi kelishuvga erishildi

Turkiyada bo‘lib turgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi “Mega Basim” nashriyot uyiga tashrif buyurdi.

“Mega Basim” nashriyot uyida kitob-albomlarni chop etish bo‘yicha birlamchi kelishuvga erishildi


Uchrashuv davomida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxalikov hamda nashriyot uyi direktori Hasan Kondu o‘rtasida muzokaralar olib borildi. Kelishuvlarga ko‘ra, mazkur nashriyotda “O‘zbekiston qo‘lyozma merosida tarixiy shaxslar”, “Klavixoning Amir Temur saltanatiga sayohati” kitob-albomlarini chop etish bo‘yicha birlamchi kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Tekirdag‘ universiteti professori, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy maslahatchisi Halit Eren bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Turkiyadagi saqlanayotgan O‘zbekiston madaniy merosining katalogi yaratilishi kelishib olindi. Shu bilan birga, “114 Qurʼon” loyihasi ham muhokama qilindi. Unga ko‘ra Turkiya to‘plamlarida saqlanayotgan Kurʼoni karim nusxalarini ro‘yxati tayyorlanadigan bo‘ldi.
 

“Mega Basim” nashriyot uyida kitob-albomlarni chop etish bo‘yicha birlamchi kelishuvga erishildi


Delegatsiya aʼzolari “Istiqlol” Istanbul illyuziyalar muzeyida ham bo‘lishdi. Delegatsiyaga O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy maslahatchisi Halit Eren ham hamroxlik qildi. “Mazkur muzey nimasi bilan hayratga soladi?” degan tabiiy savol tug‘iladi. Agar birgina rasm mingta so‘zni o‘z ichiga olsa, ishonchingiz komil bo‘laversin illyuziya milliondan ko‘proq narsani yashiradi. His-tuyg‘ularingizga bo‘lgan ishonchingizni chalg‘itadigan va ayni o‘sha vaqtda hayratda qoldiradigan hayajonli illyuziyalar olamiga sho‘ng‘ishga undaydi. “Istiqlol” Istanbul illyuziyalar muzeyida hech narsa ko‘rinadigandek emas. O‘ziga xos illyuziyalar orqali qiziqarli vizual tajribaga guvoh bo‘lasiz. Istanbuldagi mazkur muzey yosh auditoriyadagilarda o‘zgacha his uyg‘otib, quvnoq sayohatni taqdim etadi.

“Mega Basim” nashriyot uyida kitob-albomlarni chop etish bo‘yicha birlamchi kelishuvga erishildi


“Istiqlol” Istanbul illyuziyalar muzeyida 19 ta: “fotoillyuziya” (Fotoğraf İllüzyonları), “optik illyuziyalar” (Optik İllüzyonlar), “gologrammalar” (Hologramlar), “Beuchet illyuziyali o‘rindiq” (Beuchet Sandalyesi İllüzyonu), “cheksiz tunnel” (Sonsuzluk Tüneli), “rostgo‘y ko‘zgu” (Gerçek Ayna), “stereogramma” (Stereogram), “kaleydoskop”, “klonlashtiruvchi stol” (Klon Masa), “taomdagi bosh” (Tabaktaki Kafa), “bo‘sh yuz illyuziyasi” (Takip Eden Yüz İllüzyonu), “sehrli tayoqcha” (Büyülü Çubuk), “cheksiz xona” (Sonsuzluk Odası), “Vortex tunneli” (Vortex Tüneli), “aylanadigan xona” (Tepetaklak Oda) kabi eksponatlar bor.
 

“Mega Basim” nashriyot uyida kitob-albomlarni chop etish bo‘yicha birlamchi kelishuvga erishildi


Xususan, “Fotoillyuziya” bu – kishi ongini chalg‘itish va mavjud bo‘lmagan narsalar haqida yolg‘on tasavvurni yaratishning ijodiy usuli. "Kamera hech qachon aldamaydi!" degan gapni hammamiz bilamiz? Biroq, bu gapda yuz foiz jon bor, deb bo‘lmaydi. Boisi, Illyuziyalar muzeyida hamma narsa ko‘ringanidek emas, hatto tasvirlar ham. Ishonch komil bo‘lish mumkin bo‘lgan yagona narsa bu – fotosuratlaringiz g‘ayrioddiy va kutilmagan fon bilan to‘ldirilgan bo‘ladi.
 

“Mega Basim” nashriyot uyida kitob-albomlarni chop etish bo‘yicha birlamchi kelishuvga erishildi


Optik illyuziyalar esa ko‘zlar va aqlni chalg‘ituvchi chalkash tasvirlar. Optik illyuziyalar sezgilarimiz doim ham to‘g‘ri chiqavermasligini eslatib turadi.
 

“Mega Basim” nashriyot uyida kitob-albomlarni chop etish bo‘yicha birlamchi kelishuvga erishildi

Gologrammalar orqali ko‘zlarni aldab, ongni zavqlantirish mumkin. Sababi, gologrammalar 3D illyuziyalarni o‘zida aks ettirgan har xil shakllarda nomoyon bo‘luvchi sehrli tasvir. Illyuziyalar muzeyida turli xildagi gollogrammalarni, masalan, sababsiz yo‘q bo‘lib qoladigan, tusini o‘zgartiradigan yoki tasvirdan sakrab chiqadigan tasvirlarni uchratish mumkin. Muzeyda gologrammalar to‘plamidan bahramand bo‘lar ekansiz, har bir optik illyuziyani diqqat bilan ko‘rib chiqish kerak. Ular shunday yorqin, o‘ynoqi eslatmaki, idrok qilinadigan dunyo haqidagi taxminlarimiz ko‘pincha illyuziyalar sharpasidan boshqa narsa bo‘lmay qoladi. Qiziqarli va ajoyib “fokus”lar ko‘rish, idrok etish, aqlni charxlashni o‘rgatadi.
 

“Mega Basim” nashriyot uyida kitob-albomlarni chop etish bo‘yicha birlamchi kelishuvga erishildi


Illyuziyali o‘rindiq. Bunda odamning qanday kattalikda ko‘rinishi atrofdagi obyektlarga bog‘liq bo‘ladi. O‘rindiqqa o‘tirgan holda o‘lcham nisbatlaridan zavqlanish mumkin.Hayotda qiyoslanadigan cheksizlikka ega timsollar shunchalik ko‘pki, hatto ko‘pini hech qachon ko‘rmaganmiz. Mazkur muzeydagi “Vortex tunneli” eksponati orqali esa cheksizlikni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish imkoniyati bor. “Vortex tunneli” illyuziyasiga sakrash uchun jasoratli bo‘lish kerak. Boisi, aylanuvchi silindr orqali barqaror va tekis yuzada oldinga bir qadam tashlash uchun kurashayotganingizga ishontiradi.
 

“Mega Basim” nashriyot uyida kitob-albomlarni chop etish bo‘yicha birlamchi kelishuvga erishildi


Teskari xonada esa tortishish qonunlari va o‘lchamlarni unutgan holda istalgan rakursdan suratga olish mumkin.

Delegatsiya Turkiya tajribasini o‘rganishda davom etyapti.