“Hozir imom al-Buxoriy yurtida ekanim va uning vorislari bilan yonma-yon turganimdan xursandman”

Qatar Milliy kutubxonasi direktori Doktor Tan Huism xonim:

“Hozir imom al-Buxoriy yurtida ekanim va uning vorislari bilan yonma-yon turganimdan xursandman”

— Men bu anjumanda ishtirok etishni juda istagan edim. Chunki oldingi yillarda uning faoliyatini ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatgandim. Hozir men Imom al-Buxoriy yurtida ekanim va uning vorislari bilan yonma-yon  turganimdan hursandman. Islom olamida Imom al-Buxoriyni bilmagan inson yo‘q. Juda ko‘plab musulmon olamiga xos kashfiyotlar ham ushbu alloma nomi bilan bog‘liq. Tarixni, islom tarixini oydinlashtirishda ham ushbu shaxs muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu alloma hayotini, ilmiy faoliyatini o‘rganish bilan bog‘liq bildirayotgan takliflari olimlarni, ulamolarni yana-da jips bo‘lishga chorlamoqda. Buning uchun katta rahmat.