Saudiya Arabistoni Milliy kutubxonasi fondi O‘zbekistonning "O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar" kitoblar seriyasi bilan boyitildi

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Saudiya Arabistoni Milliy kutubxonasi fondi O‘zbekistonning "O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar" kitoblar seriyasi bilan boyitildi

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktori va O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) boshqaruv raisi Firdavs Abduholiqov boshchiligidagi delegatsiya Ar-Riyoddagi qirol Fahd nomidagi Milliy kutubxonaga tashrif buyurdi.

Delegatsiyani xalqaro bo‘lim boshlig‘i Abdulaziz Alzeyer va qo‘lyozmalar departamenti rahbari Talal Alshamirs kutib oldi. O‘zbekistonlik tadqiqotchilarga kutubxona fondlariga taalluqli bo‘lgan noyob qo‘lyozmalar, xattotlik namunalari, arxiv hujjatlari va artefaktlar ko‘rsatildi. Kutubxonada Markaziy Osiyo va O‘zbekiston tarixiga tegishli bo‘lgan noyob kitoblar saqlanishi taʼkidlandi. Mehmonlarga Ibn Sinoning 1592 yilda Italiyada nashr etilgan "Tib qonunlari" kitobi va XI asrga mansub bo‘lgan Imom Buxoriyning "Sahih al-Buxoriy" qo‘lyozmasi namoyish etildi. Bu qo‘lyozma nusxasi kelajakda Imom Buxoriy innovatsion muzeyi ekspozitsiyasini boyitishda muhim rol o‘ynaydi.

"Bizda ko‘plab manbalar va noyob kitoblar mavjud, ammo ularning eng qadrlilari Movarounnahr olimlari asarlaridir. Ayni paytda mavjud fondni kataloglashtirish ishlarini amalga oshirmoqdamiz. Ilmiy tadqiqotlarda bizga sizlarning yordamingiz zarur bo‘ladi. O‘z navbatida, biz ham har qanday hamkorlikka tayyormiz. Ayniqsa, bu ishlar mamlakatingiz rahbari tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi bilan amalga oshirilayotganidan mamnunmiz" - dedi qo‘lyozmalar departamenti rahbari Talal Alshamirs.

Uchrashuv yakunida Markaz va Milliy kutubxona o‘rtasidagi hamkorlikning keyingi bosqichlari muhokama qilindi. O‘zbekiston nomidan kutubxonaga "O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar" nomli 20 jildlik kitoblar seriyasi sovg‘a qilindi. Ma'sullar O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining VIII Xalqaro Kongressiga taklif qilindi, u shu yil avgust oyida Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

Milliy kutubxona vakillari O‘zbekistonda olib borilayotgan maʼrifat sohasidagi islohotlarni yuqori baholadilar va taqdim etilgan kitoblar uchun minnatdorchilik bildirdilar.