Surxon, Qashqadaryo va Xorazm do‘ppilarining o‘ziga xosligi

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Surxon, Qashqadaryo va Xorazm do‘ppilarining o‘ziga xosligi

Do‘ppilardagi shakl, rang va naqsh bezaklari maʼlum bir hudud aholisi turmush tarzining o‘ziga xos xususiyatini aks ettiradi. Do‘ppilar oltita asosiy guruhga bo‘linadi: Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo-Surxondaryo va Xorazm-Qoraqalpoq.

Surxondaryo viloyatining ko‘plab hududlarida piltado‘zi do‘ppilari tikilgan. Bu do‘ppilardagi to‘pgul naqshlar odatda uchi o‘tkir nurli yulduz ko‘rinishida bo‘lgan. Aylana shaklli Shahrisabz gilam do‘ppilari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Boysun do‘ppilari badiiy jihatdan ayniqsa qiziqarli. Yirik, bir qancha g‘adir-budir naqshlar, yorqin, bo‘rtma ranglar birikmasi Boysun do‘ppilariga o‘ziga xos joziba baxsh etadi. Shimoliy vazminlik va hashamdor janubiy ishtiyoqmandlikning o‘ziga xos birikmasi, naqshlar va shakllardagi yorqinlik tayxa, taxya, chumakli taxya, qush kabi Xorazm bosh kiyimlarida o‘z aksini topgan. Takiya, to‘qima takiya, makal takiya kabi qoraqalpoq do‘ppilari gumbazsimon shaklga ega va keng gardishli. Bugungi kunda O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi fondida 300 ga yaqin do‘ppi bor.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild,) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
 

Surxon, Qashqadaryo va Xorazm do‘ppilarining o‘ziga xosligi