“Hozir imom al-Buxoriy yurtida ekanim va uning vorislari bilan yonma-yon turganimdan xursandman”

"Yer yuzida yagona ayol bo‘lsa ham zargarga ish topiladi..."

Mis kandakorli sanʼati eng qadimiy sanʼat turidan biri hisoblanadi, ommalashishi jihatidan kulolchilikdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Ko‘p asrlik anʼanalarga ega bo‘lgan ushbu hunarmandchilik turi O‘zbekiston hududida azaldan turli xil mahalliy maktab va markazlar doirasida rivojlanib kelgan. Muzeydan o‘rin olgan badiiy metall kolleksiyalarining aksariyat qismi XIX asr oxiri – XX asr o‘rtalariga oid buyumlar hisoblanadi.

Muzey ekspozitsiyalarida XIX asr va XX asrning boshlarida Toshkent, Buxoro, Xorazm va Qoraqalpog‘istonda ishlab chiqarilgan anʼanaviy zargarlik buyumlari ham taqdim etilgan. Qadimgi zargarlarning taʼkidlashicha, yer yuzida yagona ayol bo‘lsa ham zargarga ish topilar ekan. O‘zbekiston hududida zargarlik buyumlarining kelib chiqish tarixi ming yilliklarning qaʼriga borib taqaladi. XIX asrda ushbu hunarmandchilikning eng yirik markazlari Xiva, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Qo‘qon shaharlari bo‘lgan. Har bir markaz o‘zining shakllariga va bezak naqshlariga ega bo‘lgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” kitob-albomida (XXXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
 

"Yer yuzida yagona ayol bo‘lsa ham zargarga ish topiladi..."