Shu kungacha saqlanib qolgan qadimiy poyabzal namunalarining zargarlik buyumlari, badiiy kashtalar va qadimiy kulolchilik naqshlari qatorida muzey ko‘rgazmalaridan munosib o‘rin egallayotgani bejiz emas.
Kosib ustalar poyabzallarni charmgar-ko‘nchilar oshlagan qo‘y (charm), echki (kayroqi, bo‘zi), ho‘kiz (bulg‘or) va boshqa turdagi terilardan tayyorlangan charmdan tikishgan. Charmlar har xil rangga bo‘yalgan. Eng ommabop erkaklar poyabzali bu har bir mintaqada o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan kavush yoki kaush edi. Masalan, Toshkent kavushlari baland poshnasi va qayrilgan burni bilan ajralib turgan.Erkaklar poyabzalining yana bir turi mukki, choriq hisoblangan. Ularning bu turi Farg‘onada malla etik yoki ko‘n etik deb nomlangan. Ular qalin, ammo jigarrang yoki sariq rangga bo‘yalgan yumshoq teridan tikilgan, baʼzida terining oshlanmagan tomoni yuqoriga qaragan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild,) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.


