Shifobaxsh quvvatli marvarid

Shifobaxsh quvvatli marvarid

O‘zbekiston hududida zargarlik buyumlarining kelib chiqish tarixi ming yilliklarning qaʼriga borib taqaladi.

Shifobaxsh quvvatli marvarid

XIX asrda ushbu hunarmandchilikning eng yirik markazlari Xiva, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Qo‘qon shaharlari bo‘lgan. Har bir markaz o‘zining shakllariga va bezak naqshlariga ega bo‘lgan. Metallar orasida eng keng tarqalgani kumush, undan keyin bronza va mis bo‘lgan. Bezaklar egasining yoshi va ijtimoiy mavqeidan dalolat berib, bundan tashqari turli moʻjizakor xususiyatlarga ham ega bo‘lgan va tumor vazifasini ham o‘tagan.

Qadim zamonlardan buyon marvaridli taqinchoqlar juda mashhur bo‘lib kelgan va marvaridning shifobaxx quvvati, shuningdek, yorqinligi, musaffoligi, muqaddasligi va eng muhimi himoya qiluvchi kuchi haqidagi g‘oyalar hozirgi kungacha saqlanib qolgan. 

Ekspozitsiyada eski marvaridlardan tashqari, anʼanaviy xalq uslubida ishlaydigan zamonaviy ustalarning zargarlik buyumlari ham namoyish etilmoqda.  Ular orasida bezaklarining go‘zalligi va puxtaligi jihatidan o‘tgan asrlarning eng yaxshi namunalaridan kam bo‘lmagan F. Dadamuhamedov, N. Xolmatov, K. Azizov, Z. G‘ulomov, A. Dzyubalarning mahsulotlari bor. O‘zidan avval o‘tgan ajdodlarning tajribalarini chuqur o‘zlashtirgan zamonaviy zargarlar O‘zbekistondagi anʼanaviy zargarlik sanʼati maktablari uslubida mahsulotlar yaratishga intilib kelishgan. Ushbu zargarlik buyumlarini tayyorlashda ko‘pincha melxior, o‘zbek tog‘ billuri, lojuvard, yashma va hattoki sayqallangan shaftoli danaklaridan ham ashyo sifatida foydalanishgan. Shu bilan birga, odatiy va juda mashhur bo‘lgan marvarid va feruzadan foydalanish ham saqlanib qolgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi" turkumidagi “O'zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi to'plami” kitob-albomida (XXXIX jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.