
Maqbaradagi marmar toshdan yasalgan sag‘analardan birida esa Sayyid Abul Maʼoliy dafn etilgan.
“O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” kitob-albomida keltirilgan maʼlumotlarga qaraganda, Sayyid Abul Maʼoliy hali o‘spirinligida Amir Temur tomonidan Shahrisabzga ko‘chirilgan (1371) va keyinchalik turli yurishlarlarda Sohibqironga tez-tez hamrohlik qilib borgan edi. Sayyid Abul Maʼoliy Shahrisabzda oila quradi, uni va avlodlarini dafn etish uchun maxsus maqbara barpo etiladi.
Eslatib o'tamiz: Shahrisabzda qurilgan Gumbazi Sayyidon xilxonasi 1437 yilda Amir Temurning nevarasi, mashhur Mirzo Ulug‘bek (1409–1449 yillarda hukmdorlik qilgan) farmoyishiga binoan Payg‘ambar avlodlari sayyidlarining Termiz tarmog‘i xonadonlari aʼzolari uchun barpo etilgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida tanishishingiz mumkin.
