Yirik berk xonaqosi ustiga gumbaz qoplangan. Gumbaz arkasimon bag‘allar ko‘rinishida konstruksiyalangan musammanga zalvorini tashlagan. Xonaqoning hamma tomonini ayvon o‘rab olgan. Bosh yo‘lak peshtoq ko‘rinishida qurilgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida tanishishingiz mumkin.

