
U xalq hayotining o‘ziga xos qomusi hamdir, faqat uni o‘qiy bilmoq lozim.
Milliy kiyimlar har doim anʼanaviyligi bilan ajralib turadi: libos odatda, asrlar davomida o‘zgarmaydi. Erkaklar va ayollar kiyimlari umumiy asosga ega bo‘lgan – keng, yengsiz uzun bichimdagi ko‘ylak va ustki chopon (to‘n). Ular deyarli o‘zgarishsiz saqlangan, faqat matoni bezash usullari, kiyimning uzunligi va kengligi, taqiladigan unsurlar o‘zgargan.
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon va Farg‘ona kabi shaharlar liboslar ishlab chiqarishning yirik markazlari bo‘lgan. Shakllangan anʼanalar hanuzgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va ularni zamonaviy kiyimlarda ko‘rish mumkin. Muzey namunalari esa, zamonaviy o‘zbek dizaynerlarga yangi urf liboslarini yaratishda ilhom bag‘ishlovchi ko‘makdosh bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi fondidagi kiyim-kechaklar soni 727 ta.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.