
Oʻzbekistonning elchisi Ravshan Usmonov, Britaniya kutubxonasi amaliyotlari boʻyicha direktori Jas Ray va ikkala davlat vakillari ishtirok etgan topshirish marosimi Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishda muhim bosqich boʻldi. Britaniya tomoniga kitob-albomning har bir jildi haqida batafsil maʼlumot taqdim etildi va maxsus sertifikat topshirildi.
Jas Ray ushbu kitoblar Britaniya kutubxonasining qimmatli va noyob asarlar fondida faxrli oʻrin egallashiga umid bildirdi. U Britaniya kutubxonasi Oʻzbekistonda kutubxonachilik ishini rivojlantirishga qoʻshimcha ravishda yordam berishga qiziqish bildirishini ta'kidladi va Oʻzbekiston kutubxonalari bilan hamkorlikni kengaytirish istagini bildirdi. Uchrashuvda kutubxonalarni boshqarish va axborot almashish sohasida hamkorlik imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun: WOSCU “O‘zbekiston madaniy merosi” ko‘p jildli turkumi doirasida Britaniya kolleksiyalarida saqlanayotgan O‘zbekiston tarixiy-madaniy merosining noyob eksponatlariga bag‘ishlangan bir necha jildlar chop etilgan. «Markaziy Osiyo sanʼati Fisvilyam muzeyida» kitob-albomi «Markaziy Osiyo merosi Kembrij universiteti to‘plamlarida» turkumining birinchi jildidir. F. I. Melvill tahriridagi mazkur jild eng qadimgi vaqtlardan Xiva xonligi va
Buxoro amirligini ham qamrab olgan keyingi islom davrigacha Markaziy Osiyo Ikki daryo oralig‘i sanʼatiga bag‘ishlangan.
Keyingi kitob-albom «O‘zbekiston madaniy merosi Buyuk Britaniya to‘plamlarida» deb nimlanib, asosan uchta muzey – Buyuk Britaniyaning asosiy tarixiy-arxeologik muzeyi va dunyodagi eng yirik madaniy muassasalardan biri bo‘lgan Britaniya muzeyi, Oksford universitetining Eshmol muzeyi va «Barrell kolleksiyasi» saqlanayotgan Glazgodagi noyob jamoat muzeyining kolleksiyalaridagi artefaktlar taqdim etilgan. Kolleksiyalarning har biri o‘z-o‘zicha qiziqarli va Birlashgan qirollikning tarixda O‘zbekiston xalqlarining xilma-xil madaniyatiga nisbatan ko‘rsatgan katta qiziqishlarini aks ettiradi.