“Me’rojnoma”ni kim ko'chirganini bilasizmi?

Zardo‘zi kashta buyumlar naqshlari

Zardo‘zi kashta buyumlar naqshlari nihoyatda xilma-xil. Bular asosan, nafis gul shoxchalari yoki sershox ildizlar bilan o‘ralgan to‘pbarggul.

Zardo‘zi kashta buyumlar naqshlari

Kamdan kam hollarda doira, romb, siniq chiziqlar ko‘rinishidagi handasaviy naqshlardan foydalanilgan. Diniy xususiyatdagi xattotlik yozuvli zardo‘zi kashtalar alohida mujassamotli hoshiyalarda yuksak badiiy did bilan bajariladi. Naqshga nozik bo‘rtmalik baxsh etish va jilvalanuvchi bir rangdagi tuslarga jalb qilish uchun naqshning har bir qismi alohida tikiladi. Qavariq naqshlari yorug‘lik va soya o‘yinini yaratib, shu orqali qo‘shimcha bezak samarasini yuzaga keltiradi.

Zamonaviy zardo‘zlik sanʼati ko‘p qirrali va yorqin bezaklar jilosi bilan ajralib turadigan juda ko‘p naqshlar zahirasini meros qilib olgan. O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi Fondida 100 ga yaqin zardo‘zlik mahsulotlari namunalari mavjud.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.