Buxoro zardo‘zi poyabzallari

Buxoro zardo‘zi poyabzallari

Poyabzal tayyorlash har qanday boshqa hunarmandchilik turlari kabi hunarmandchilik va chinakam sanʼat o‘rtasidagi faoliyat bo‘lib kelgan.

Buxoro zardo‘zi poyabzallari

Kosib ustalar poyabzallarni charmgar-ko‘nchilar oshlagan qo‘y (charm), echki (kayroqi, bo‘zi), ho‘kiz (bulg‘or) va boshqa turdagi terilardan tayyorlangan charmdan tikishgan. Charmlar har xil rangga bo‘yalgan.

Buxorolik etikdo‘z ustalar tikkan yumshoq zardo‘zi etiklar va kavushlar ayniqsa hashamatli va ko‘rkam bo‘lgan. Ular silliq rangli baxmaldan qilinib, miltillab turuvchi zar iplardan mo‘l islimiy naqshlar tikilgan. Zardo‘zi kavush va etik namunalari xalq amaliy sanʼatining asl durdonalari sifatida O‘zbekiston muzeylarida namoyish etilmoqda.

Turli ko‘rgazmalarda takror va takror namoyish etilayotganligi mahalliy poyabzallarning xilma-xilligi va yuqori sifatli ekanligidan dalolat. Etnografiya fondida jami 198 ta (juft va toq) poyabzal mavjud.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.