Bular uzun tukli gilamlar, tuksiz sholcha gilam, arabi gilamlar, har xil to‘rva, xurjun va boshqalar. Eksponatlar orasida hayvonlar uchun mo‘ljallangan gilam qoplamalar, o‘tovning tashqi tomonidan kirish eshigiga osiladigan gilam pardalar, ostonaga to‘shaladigan mo‘jaz gilamchalar, dekorativ poyandoz gilamlar va boshqalar bor.
Boshqa musulmon davlatlaridagi kabi, mahalliy aholi turmushida joynamoz gilamchalari keng tarqalgan. Ularga xos xususiyat bezakli sath yuqori qismidagi mehrob arki tasviridir. O‘rta Osiyo gilamlamlaridan tashqari, Eron, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Qoshg‘ardan keltirilgan gilamlar ham mavjud.
Asosan XX asrda Muzey tomonidan O‘zbekiston hududi va unga qo‘shni respublikalarga uyushtirilgan muntazam ekspeditsiyalar davomida keltirilgan buyumlar kolleksiyaning asosini tashkil etadi. Ekspeditsiyalarga V.G. Moshkova, A.S. Morozova, T. Mirgiyazov, K. Tursunaliyev kabi O‘zbekiston va Markaziy Osiyo madaniyatining ko‘zga ko‘ringan tadqiqotchilari bo‘lgan Muzey xodimlari rahbarlik kilgan. Muzey to‘plamlarida jami 587 ta gilam va gilamdo‘zlik buyumlari saqlanadi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.


