Naqshlar “alifbosi”

Naqshlar “alifbosi”

Kashtalardagi boy naqshinkor tizim o‘zbek xalqining maʼnaviy hayoti, urf-odatlari bilan chambarchas bog‘liq.

Naqshlar “alifbosi”

Naqshinkor kompozitsiyalar ko‘pincha balo-qazolardan asrovchi moʻjizakor kuch deya tushunilgan. Kashtaning barcha unsurlari – rang, hoshiyalar, alohida belgilar muhim maʼnoga ega bo‘lgan.

Xalqning ruhiyati, uning olamni idrok etishini to‘laroq anglash uchun naqshlar “alifbo”sini o‘zlashtirish lozim. Naqshlarga muayyan moʻjizakor maʼno jamlangan. Ulardagi tasvirlar ko‘proq dehqonchilik madaniyati bilan bog‘liq bo‘lgan. Qadimgi dehqonlarda yuqoridan pastga qaragan uchburchak ayollik ramzi, yuqoriga qaragani esa, erkaklik ramzi hisoblangan. Ularning birlashuvi esa yangi hayot timsoli bo‘lgan. Uchburchakning o‘zi muqaddas belgi hisoblangan. Qurʼon oyatlaridan parchalarning keyinchalik uchburchak metall g‘iloflarga solib saqlangani bejiz emas. Nafaqat bolalar, balki kattalarni yomon ko‘zdan asrovchi duolar solingan tumor – matoli uchburchak g‘iloflar ko‘pincha kashtalar bilan bezatilgan.

To‘lqinsimon va chiziqli naqshlar ham dehqonchilik madaniyatidagi hosildorlik tushunchasi bilan bog‘liq va hayotbaxsh suv oqimi timsolidir.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.