Tuksiz palos va sholchalar to‘qilish uslublari

Gilamdo‘zlik sanʼatining ildizlari juda uzoq o‘tmishga borib taqaladi.

Tuksiz palos va sholchalar to‘qilish uslublari

XIX–XX asrlarga oid xilma xil gilamdo‘zlik buyum namunalari respublika muzeylari, jumladan yirik kolleksiyaga ega O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida saqlanmoqda. Gilamdo‘zlik ayollar uyda shug‘ullanadigan qo‘l ishi sifatida deyarli har bir chorvachilik va chorvador-dehqonchilik tumanlarida rivojlangan.

Tuksiz palos va sholchalar to‘qilish va naqsh solish uslubiga ko‘ra turlicha. Ular tor g‘altakli va keng g‘altakli dastgohlarda to‘qilishi mumkin. Birinchi holatda to‘qilgan ensiz tasmalar bir-biriga ulab tikilib, tayyor mahsulot hosil qilingan. Shu tariqa sholgilam va olacha gilam nomi bilan tanilgan sholchalar, kiyim-kechak o‘raladigan bo‘g‘jomalar, xurjunlar, qop va kiyim-kechak hamda o‘rin-ko‘rpa saqlanadigan napramachlar, oshxona buyumlari va mahsulotlari uchun turli hajmdagi nonqop, cho‘michqop, oynaqop, ayronto‘rvalar, ot yopinchig‘i jo‘l, o‘tovning turli qismlarini tortish va boylab mahkamlash uchun keng va ingichka tasmalar va hokazolar tayyorlangan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.