Памяти Эдварда Васильевича Ртвеладзе

Do‘ppichilik sanʼatining eng rivojlangan davri

Do‘ppi tarixi qadimgi davrlarga borib taqaladi. VI–VII asrlarga oid saqlanib qolgan devoriy rasmlar, ilk o‘rta asr terrakota haykallari, tangalar va XV–XVI asrlarga oid miniatyuralar bunga guvohlik beradi.

Do‘ppichilik sanʼatining eng rivojlangan davri

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida do‘ppichilik sanʼatining rivojlanishi o‘zining eng yuksak darajasiga yetdi. O‘sha paytlar davrning estetik qadriyatlarini o‘zida aks ettirgan nafis va asl mahsulot nusxalari yaratildi. 

Do‘ppilar O‘zbekistonning deyarli butun tub aholisi – erkaklar, qizlar, yosh ayollar, bolalar tomonidan kiyilar edi. Faqat keksa ayollar bundan mustasno bo‘lgan. 

Do‘ppilarning keng tarqalishi ularning ommaviy tikilishiga olib keldi. Ko‘psonli hunarmand ayollar kashtachilik sanʼati anʼanalarini ajdodlardan meros qilib olganlar va o‘zlarining go‘zallik haqidagi tushunchalariga mos tarzda rivojlantirdilar.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.