Oltin davr: zardo‘zlik hunarmandchiligi qanday qilib Buxoro ko‘rki timsoliga aylandi

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Oltin davr: zardo‘zlik hunarmandchiligi qanday qilib Buxoro ko‘rki timsoliga aylandi

Zardo‘zlik sanʼati o‘zining rivojlanish tarixi davomida so‘nmas shon-shuhrat qozongan.

Oltin davr: zardo‘zlik hunarmandchiligi qanday qilib Buxoro ko‘rki timsoliga aylandi

Zardo‘zlik sanʼati Sosoniylar saroyida keng rivojlangan deb taxmin qilish uchun barcha asoslar mavjud bo‘lib, uning hukmronligi O‘rta Osiyoning madaniy va tarixiy viloyatlari hududlariga ham o‘z taʼsirini o‘tkazgan. Amir Temur hukmronligi davrida saroy sanʼatining ushbu turi mavjud bo‘lganligi haqida Ispaniyaning elchisi Ryui Gonzales de Klavixo o‘zining 1403 – 1406 yillarda Samarqandga qilgan sayohati kundaligida tasvirlab bergan.

Alisher Navoiy davrida Hirotda zar bilan kashta tikuvchi – zardo‘zlik kasbi bo‘lgani haqida Vasifiy o‘z xotiralarida eslatib o‘tadi. U adabiy yig‘inlarning ishtirokchilari haqida so‘z yuritar ekan, ular orasida «Hirotning umidli yoshlari orasidan» chiqqan Hirot jamiyatiga mansub iqtidorli bir yigit – Hasan-zardo‘z nomini ham tilga olib o‘tadi. 

Samarqand va Hirot shaharlarida zardo‘zlik sanʼati yuqori darajada rivojlanganligini keyingi davrlarga oid tarixiy manbalar ham to‘liq tasdiqlaydi. Misol uchun, tarixchi Melixo Samarqandda zardo‘zlik sanʼati bilan shug‘ullanuvchi alohida mahalla bo‘lganligini xabar qilgan. XVI asrda bu sanʼat turi asta-sekin Shayboniylar o‘zbek davlatining poytaxtiga aylantirgan Buxoro shahridagina markazlasha boshlagan. Bu yerda zardo‘zlik sanʼati rasmiy saroy sanʼati maqomini olgan. 

Abdurazzoq Samarqandiy o‘zining «Hindistonga sayohat» nomli asarida Shohrux davrida Hindistonda zardo‘zi kashtachilik uslubi bilan bezatilgan Hirot kiyimlari borligi haqida maʼlumot qoldirgan. Xuddi shu davrga oid hujjatlar va yodgorliklarda zardo‘zlik hunari va ularning namunalari haqida so‘z boradi. 

XVII asrda yashab ijod qilgan mashhur buxorolik shoir va rassom Fitrat zardo‘zlik bilan shug‘ullangan va o‘zi ham matoga chiroyli naqshlar tika olgan. Yuzlab mohir sulolaviy zardo‘z-ustalar Buxoro amirlarining muhtasham saroy etiketi tarkibiga kiradigan zardo‘zi uslubida serhasham tarzda bezatilgan naqshinkor liboslarni tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘lishgan. Amir Olimxonning xukmronlik davrida Buxoroda saroy buyurtmalarini bajaradigan ustaxonalar bo‘lgan. Ulardan baʼzilari Ark hududida joylashgan. Bu yerda ular erkaklar va ayollarning choponlarini, ayollarning do‘ppilariyu ro‘mollarini, poyafzallarni, kamarlarni, ko‘rpalarni va boshqa ko‘p narsalarni tikishgan. Zardo‘zlik mahsulotlarining deyarli barchasi amir saroyi tomonidan sotib olingan. Zardo‘zi kashtachilik mahsulotlarining deyarli barchasi amir saroyi tomonidan sotib olingan va uning maʼlum bir qismigina bozorlarda sotish uchun yetkazib berilgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi" turkumidagi “O'zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi to'plami” kitob-albomida (XXXIX jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.