Amir Temur nega o‘zi qurdirgan daxmaga dafn etilmagan?

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Amir Temur nega o‘zi qurdirgan daxmaga dafn etilmagan?

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi noyob meʼmoriy inshoot – Amir Temur daxmasi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak.

Sohibqiron ushbu daxmani o‘zi uchun tayyorlatgan bo‘lsa-da, biroq Amir Temur vafoti (1405 y.)dan so‘ng boshlanib ketgan siyosiy g‘alvalar tufayli o‘zi uchun tayyorlatgan toshtobutda dafn etilmoq unga nasib etmaydi va o‘z nevarasi uchun Samarqandda barpo ettirgan maqbara esa uning so‘nggi manziliga aylandi. 

Aynan Amir Temur shu yerda dafn etilganidan so‘ngra binoga Amir Temur maqbarasi nomi qo‘shib aytiladigan bo‘ladi, Kesh (Shahrisabz)dagi toshtobut esa bo‘m-bo‘sh qolib ketadi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida tanishishingiz mumkin.