Amir Temur daxmasidagi toshtobut nimadan yasalgan va unda qanday gul ko‘rinishi aks etgan?

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Amir Temur daxmasidagi toshtobut nimadan yasalgan va unda qanday gul ko‘rinishi aks etgan?

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi «Dor us-sodot» meʼmoriy majmuasining asosiy yodgorligi bo‘lgan Hazrati imom meʼmoriy majmuasi atrofida joylashgan noyob meʼmoriy inshoot – Amir Temur o‘zi uchun tayyorlatgan daxma markazida toshtobut (sarkofag) joylashgan.

Ushbu toshtobut toshga o‘ymakorlik usulida yuksak badiiy ishlov berish namunalaridan biri sanaladi. Ko‘rinishi – shakli jihatdan sifatli marmar toshdan yasalgan va yuksak badiiy nafis bezaklar va bitiklar bilan obdan bezatilgan, chekkalari qirqib tashlangan parallelipipedga – sandiqqa o‘xshab ketadi. Yodgorlik bitiklari sag‘ana toshi qopqog‘ining yonbosh va yuqoridagi qirralari perimetri bo‘ylab joylashtirilgan.

Tepa yuzasi matnining bir qismi daxma ichidagi yuqori namlikning buzg‘unchi taʼsiri ostida yo‘qolgan. Yuqori yuzasining katta qismida o‘yib ishlangan, o‘ziga handasaviy naqshinlangan shakl o‘ymakor shakl bilan nihoyalanuvchi arkaga o‘xshab nilufar guli ko‘rinishini kasb etgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida tanishishingiz mumkin.

Amir Temur daxmasidagi toshtobut nimadan yasalgan va unda qanday gul ko‘rinishi aks etgan?