Jahongir Mirzo dafn etilgan maqbara eshigida bitilgan “Qizil gul” nimadan dalolat?

Temuriy shahzoda Jahongir Mirzo dafn etilgan Qashqadaryoning Shahrisabzida joylashgan Dorus sodot me’moriy obidasidagi maqbara eshigida Qizil gul haqida bitikni o‘qiysiz.

“...Sening Qizil gul [bayramingda) minglab bemorlar, 
Niyozu sidq bilan kelishdi aylab umid...” 

Xo‘sh, bu qanday gul? Yoki qanday bayramga ishora? “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri tadqiqotchilarining o‘rganishlariga ko‘ra, bitikda keltirilgan Qizil gul Buxoro amirligining bahorgi gul bayramiga ishora. 

Eslatib o‘tamiz: Jahongir Mirzo (yoki Hazrati Imom) maqbarasi Sharafiddin Ali Yazdiy o‘zining “Zafarnoma” asarida «xoriqulodda (favqulodda) baland inshoot» deb atagan Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi «Dor us-sodot» me’moriy majmuasining asosiy yodgorligi hisoblanadi. 

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida tanishishingiz mumkin.Jahongir Mirzo dafn etilgan maqbara eshigida bitilgan “Qizil gul” nimadan dalolat?