
Bitik haddan tashqari naqshlangan. Bu yerda taxminan سبحان الله – «Alloh barcha ayb-nuqsonlardan pok zot» kalimasini o‘qish mumkin. Bir-biriga singdirilgan romblar o‘rtasida feruza rangli sirlangan koshinlardan terilgan va qadamalab chiqilgan takrorlanuvchi bitiklarda Allohni ulug‘lovchi «Tamjid» kalimasi: "Allohning aybu nuqsoni yo‘qdir. Va maqtov Allohgadir. Allohdan o‘zga sig‘iniladigan (iloh) yo‘qdir! Alloh ulug‘dir» degan takrorlanuvchi iboralar yozilgan. Yana – «Alloh – birdir» tavhid kalimasi to‘rt marotaba takrorlangan.
Xuddi shunday bitiklar chap burchak minorasida ham mavjud. Bu yerda ham qadama naqshlar qisman yo‘qolgan. Minoraning sirt yuzasidagi bitiklarda esa الله الملک – «Alloh podshohdir» iborasi takrorlangan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida tanishishingiz mumkin.