Jahongir Mirzo va Keshiy: ularning bir-biriga qanday aloqasi bor?

Jahongir Mirzo va Keshiy: ularning bir-biriga qanday aloqasi bor?

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi «Dor us-sodot» meʼmoriy majmuasining asosiy yodgorligi boʼlgan Jahongir Mirzo (yoki Hazrati Imom) maqbarasi eshigidagi bitiklarni oʼqir ekansiz, unda Keshiy nomi keltirilgan.

Jahongir Mirzo va Keshiy: ularning bir-biriga qanday aloqasi bor?

"Ey Imom Muhammad Keshiy,
Keldim eshigingga, qilma noumid...."

Xoʼsh, Keshiy kim va uning temuriylarga qanday aloqasi bor?

“Oʼzbekiston madaniy merosi jahon toʼplamlarida" loyihasining “Oʼzbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri tadqiqotchilarining keltirishicha, «Keshiy» – yuqorida aytib oʼtilgan Imom al-Keshiy nisbasi boʼlib, uning shaxsiyati haqida faqat ishonarsiz afsonalar va rivoyatlar mavjud. Matnni tuzgan kishi Mirzo Jahongirni ana shu imom nomi bilan oʼzaro bogʼlagan afsonagoʼylik anʼanalariga ergashgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida tanishishingiz mumkin.