Tasviriy san’atda aks etgan madaniy merosimiz

Tasviriy san’atda aks etgan madaniy merosimiz

“Sevimli” telekanali “Zamon” informatsion dasturi reportaji

Muxbir: Ayol borki olam munavvar! Azal azaldan xalqimiz munis xilqat vakillariga ehtirom ko‘rsatib kelgan! Ayni jihatlar qadimiy qo‘lyozmalar va ularga ishlangan miniaturalarda ham aks ettirilgan. Xususan, Kamoliddin Behzod ijodida sharq ayollarining siymosi mahorat bilan yaratilgan.

Ikkinchi muxbir: O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish butunjahon jamiyati tomonidan nashr etilayotgan kitob albomlarda ham Behzod va uning ijod mahsuli bo‘lgan miniaturalar keng o‘rin olgan. Muxbirimiz Elyor Go‘ro‘g‘liyev butunjahon jamiyati a’zolarining ayni mavzudagi fikrlari bilan qiziqdi.

Reportyor: San’atshunoslik fanlari doktori Kamola Akilova mamlakatimizning eng bebaho boyliklari saqlanadigan muassasaga rahbarlik qiladi. O‘zbekiston tasviriy san’at galeriyasining fondi juda boy va ularni o‘rganish, tadqiq etishda Akilova ko‘plab ilmiy izlanishlar olib brogan. O‘zbekiston badiiy akademiyasi akedimigi hisoblangan Kamola Akilova ko‘plab davlatlardagi ilmiy doiralarda bo‘lgan. Va har safar madaniyati, san’ati yuksak bo‘lgan  ajdodlarning vorisi, merosxo‘ri ekanligi bilan iftixor etgan.

Kamola Akilova: Mana shunday bir madaniy merosga merosxo‘r bo‘lish, va O‘zbekiston hududida shunaqa bir ajoyib tarixiy shaharlarni joylashgani, odamga bilasizmi g‘urur beradi, turli xalqaro forumlarda, konferensiyalarda ko‘p qatnashaman, ba’zi birlar aytadiki, yo bu bizniki deydi. O‘zbekistonli olimlar yo bu bizniki deydi. Bu madaniy meros O‘zbekiston hududidan topildimi, demak uni o‘zini adresi bor, lekin umumjahon madaniy merosi ham.

Reportyor: Akilovaning fikricha, miniatura san’ati xuddi yozuv va til singari alohida muloqot vositasi bo‘lib hisoblanadi. Aytaylik, Kamoliddin Behzodning ijodida bu jihatlarni ko‘rish mumkin. 1494-yilda ishlangan Shirinning Xusrav sur’atini tomosha qilayotgan aks etgan miniaturaning asl nusxasi hozir Britaniya kutubxonasida saqlanmoqda. Undagi ayollarning holati nafaqat go‘zal bir jarayonni, balki davr ruhi va ayollarga o‘sha davr jamiyatining munosabatini ham ifodalaydi.

Kamola Akilova: Biz ayollar haqida ko‘p gapiramiz, hozirgi kunda gender haqida gapiramiz, lekin agar biz mana shu sharq san’atiga xos bo‘lgan miniatura san’atini ko‘rsak, biz u yerda judayam ko‘p ayollarni obrazlarini ko‘rishimiz mumkin. Va ayollar nafaqat qandaydir gedonestik ruhda hayotini kechirgan, shu bilan birgalikda biz ularni turli vaziyatda ko‘ramiz. Bu ayollar judayam go‘zal, bu ayollar judayam o‘sha Sharq ayoliga xos bo‘lgan ibo, qandaydir mana shu sabr-toqat, qandaydir bir go‘zallik, ichki dunyoni go‘zalligini ko‘rishimiz mumkin.

Reportyor: Mazkur miniaturani faksimil nusxasi olingan sur’at tarixi, va undagi holat olimlar tomonidan sinchkovlik bilan o‘rganilyapti. Bir necha seriyalik O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida kitob albomining yaratilishida Kamola Akilova faol ishtirok etgan. O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha butunjahon jamiyati tomonidan nashr etilgan bunday kitob albomlar Akilovaning ta’kidlashicha, nafaqat madaniy merosimizni namoyish etish, balki tarixni o‘rganishda ham juda muhimdir.

Kamola Akilova: Kitoblarni nashr etilishi bu judayam katta ahamiyatga ega. Nima uchun? Chunki bunday loyiha bugungi kunda boshqa bittayam davlatda yo‘q. Bilamizki, bizni merosimiz juda ham boy va turli sabablarga ko‘ra, bizni madaniy merosimizni mana shu noyob asarlari butun jahonda tarqalib ketgan. Shuning uchun, bu loyihani vazifasi bu mana shu jahondagi turli muzeylarda bizni saqlanib kelayotgan noyob asarlarni yig‘ish, ko‘rsatish. Firdavs Abduxoliqovni o‘rinlari judayam judayam katta. Ular bilan birgalikda Edvard Vasiliyevich Rtveladze eslaymiz. Chunki bizni taniqli akademigimiz va mana shu loyihani ilmiy konsultanti bo‘lib, va bizga hammamizga qandaydir ishonch bergan insonlar.

Butunjahon jamiyati bugun madaniy merosimizni ajralmas qismi bo‘lgan, asl javohirlarni o‘rganib, targ‘ib etmoqda. Jarayonda esa Kamola Akilova singari san’atshunoslarning ilmiy izlanishlari va mehnatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Elyor Go‘ro‘g‘liyev, Bobur Yo‘ldoshev Zamon axborot tahliliy dasturi uchun!

Tasviriy san’atda aks etgan madaniy merosimiz