Bitik yomon saqlangan. U mozaikaning ganch asosida nusxalari qolgan harflar izlariga, shuningdek, Mirza Abdurahmonning A. Kunning daftarlaridagi qisqa qaydnomalariga qarab tiklangan. Bu bitiklar haqida Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lyozmalari instituti Sharqshunoslar arxivida saqlanayotgan 33-fond, ya'ni A.L. Kun arxivida ma'lumotlar bor. Hatto ma'lumotlarda keltirilishicha, xattot yonida turgan kitobalarning endilikda yo‘qolib ketgan quyidagi bitiklarini ham qo‘shib qo‘ygan: یا دیان – «Ey, Ne'mat beruvchi» va يا منان – «Ey, Saxovatli (Alloh)».
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
