Oqsaroyning morpech ustunida nima yozilgan?

Oqsaroyning morpech ustunida nima yozilgan?

Epigrafika va me'morchilikning yuksak namunasi bo‘lgan Oqsaroyning eshilgan yo‘g‘on arqon ko‘rinishidagi (morpech uslubi) burchak nimustuni – zanjira mozaik koshinlardan terib chiqilgan.

Har bir qirrada matn mavjud bo‘lib, uning bir qismi hozirda yo‘qolgan. Nimustunning qirrali poydevor tashqi ko‘rinishi va undagi matnlar o‘ng toq ustunning simmetrik nimustunida ko‘rganimizda aynan o‘xshash. Biroq garchi matnning boshlanishi aynan o‘xshash bo‘lsa-da, bu holda matn atigi qisman saqlanib qolgan, xolos. Unda: «Ey, nurlaring ulug‘vorligi ...., Quyosh, Oy va Mushtariy ...ko‘ksida» deb yozilgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Oqsaroyning morpech ustunida nima yozilgan?