Hazrati Imom maqbarasida nimalar bo‘lgan, qaysilari saqlanib qolgan?

Hazrati Imom maqbarasida nimalar bo‘lgan, qaysilari saqlanib qolgan?

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrining janubi-sharqiy qismida joylashgan «Dor us-sodot» me'moriy majmuasining asosiy yodgorligi bo‘lgan Jahongir (yoki Hazrati Imom) maqbarasining shimoliy fasadi keng hovli tomonga qaragan, bu yerda hozir XIX asrda qurilgan masjid va yordamchi hujralari bo‘lgan hovli joylashgan.

Maqbaraning shimoli-g‘arbiy fasadiga gumbazli masjid taqab qurilgan, uning shimoliy devori yonida ustunlari yog‘ochdan yasalgan baland masjid barpo etilgan. B.N. Zasipkinning fikricha, masjid binosi ikki qavatli bo‘lgan. Birinchi qavatdan uchta ravoq arkasi saqlanib qolgan. 

Majmuada amalga oshirilgan arxeologik ishlar chog‘ida Hazrati Imom maqbarasining marmarsimon ohaktosh bloklaridan terilgan poydevori ochilgan, g‘arb tomondan poydevor to‘liq saqlanmagan edi. Janubroqda esa bir qator poydevor qadamalari bo‘lgan minoraning bir qismi ochildi. Ko‘p qirrali minora qoldiqlari va uning dumaloq tanasining bir qismi maqbaraning shimoli-g‘arbiy tarafida ochildi. Maqbara intererida qurilgan katta sag‘anada ko‘p marta o‘tkazilgan ta'mirlashlardagi ganch suvoqlarning izlari saqlanib qolgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Hazrati Imom maqbarasida nimalar bo‘lgan, qaysilari saqlanib qolgan?