Yo‘qotishlarga qaramasdan, u o‘zida mahobatli inshootni ifoda etadi, Amir Temur davrining noyob yodgorliklaridan biri sifatida tanilgan. Rui Gonzales de Klavixoning yozishicha, «Dor us-sodot» maqbaralar va qadamjolardan iborat butun boshli majmuani o‘zida gavdalantirgan. Buni quyidagi suratlardan ham ko‘rish mumkin.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
