O‘zbekiston – Ummon: madaniy hamkorlikning yangi marralari

O‘zbekiston – Ummon: madaniy hamkorlikning yangi marralari

WOSCU boshqaruv raisi Firdavs Abduxoliqiov va Ummon Sultonligining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Al-Saida Vafa Jabr Naser Al-Busaidi o‘rtasida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar turli sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirish, jumladan, ikki davlat o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. Tomonlar O‘zbekiston va Ummonni birlashtirgan madaniyat, din, an'ana va ma'naviy qadriyatlar mushtarakligini ta'kidlab, o‘zaro munosabatlarni izchil mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Suhbat chog‘ida madaniy hamkorlikni mustahkamlash, shu jumladan Ummon sultonligidagi O‘zbekiston madaniy merosiga oid asori-atiqalarni o‘rganish va har ikki davlatning madaniy merosini targ‘ib etishga qaratilgan loyihalarini birgalikda amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Elchi xonim yurtimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni alohida e'tirof etib, WOSCU tomonidan xalqaro muzeylar va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanib kelayotgan, yurtimiz tarxiga oid qo‘lyozmalar, artifaktlar, qadimiy ashyolarni o‘rganish va to‘plash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi. Bu ishlar kelajak avlod uchun eng katta manba va juda ham qimmatli madaniy meros ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Al-Saida Vafa Jabr Nasser Al-Busaidiy bu WOSCU ofisiga birinchi tashrifi edi.

– Siz vatanining tarixini uzida namoyon etayotgan juda go‘zal ofisni bunyod etgansiz. Butun jahon jamiyati tomonimdan amalga oshrilayotgan ishlarning barchasi taqsinga sazovor. Butun dunyoga sochilib ketgan madaniy merosingizni to'plash va o‘rganish ishlari bugungi kunda juda ham muxim ahamiyatga ega. O‘zbekiston va Ummon sultonligi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik bugun yangi rivojalnish bosqichiga ko‘tarilmoqda. O‘ylaymanki madaniy yo‘nalishda ham aloqalarimiz yanada yuksaladi va kelgusida aynan WOSCU bilan birgalikda  yirik loyihalarni amalga oshiramiz.

WOSCU nomidan Ummon sultonligining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasiga “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumidagi 20 ta kitobdan iborat to‘plam sovg‘a qilindi. Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy e’tibori tufayli amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston – Ummon: madaniy hamkorlikning yangi marralari