Zahiriddin Muhammad Bobur ibn Umarshayx Mirzoning asli ismi va tahallusi qanday bo'lgan?

Zahiriddin Muhammad Bobur ibn Umarshayx Mirzoning asli ismi va tahallusi qanday bo'lgan?

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevral kuni Farg‘ona viloyatining poytaxti Andijonda tug‘ilgan.

Zahiriddin Muhammad Bobur ibn Umarshayx Mirzoning asli ismi va tahallusi qanday bo'lgan?

Uning sertashvish hayoti va jo‘shqin faoliyati siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan inqirozga uchrab, tanazzulga tushayotgan Temuriylar saltanatining so‘nggi davriga to‘g‘ri keldi.

Unga buyuk naqshbandiy pir Xoja Ahror Valiy tomonidan Zahiriddin Muhammad ismi qo‘yilgan. Bobosi Yunusxon va otasi Umarshayx Mirzo hazrat Eshon Ubaydullaxondan go‘dakka ism qo‘yib berishni so‘rashadi. U kishi Zahiriddin Muhammad ismi bilan musharraf qildilar... Ular Zahiriddin Muhammad deb aytishga qiynalishardi, shu sababli uni Bobur deb ham atashdilar. Xutba va yorliqlarda uni “Zahiriddin Muhammad Bobur” deb aytishdi va yozishdi. Ammo u ko‘proq Bobur podshoh nomi bilan mashhur (Mirzo Muhammad Haydar, 219-220-betlar).

Oilada go‘dakligidan Bobur, Boburjon deb erkalatishgan va bu unga ham ism ham taxallus bo‘lib, Zahiriddin Muhammad Bobur, Bobur Mirzo, Bobur podshoh sifatida tarixiy manbalarda va ilmiy adabiyotlarda qo‘llaniladi. Boburiylar uni oilada “Firdavs makoniy” deb atashgan.

Bobur Mirzoning tug‘ilishi va bolalik yillari haqida yirik tarixchi G‘iyosiddin Xondamir shunday yozadi:

“Farg‘ona mamlakati podshoh Umarshayx Ko‘ragonning adolati sharafidan jannat bog‘larining rashkini oshiruvchi bo‘lib turganida 888-yil muharram oyining oltisida saltanat va dongdorlik tizimiga nur sochuvchi bir dur tizildi va quyosh yog‘duli bir gavhar xalifalik va maqsadi hosillik ufqidan porlab chiqdi... Ya’ni Mirzo Umarshayx... hazrat xotini Nigorxonim binti Yunusxondan bir o‘g‘il karomat qildikim, ham bolalik ayyomi boshidan davlat va iqbol nurlari holi jamolidan yaltirar, ham o‘sib ulg‘ayish zamoni avvalidan shavkat va istiqbol alomati baxt kelajakli manglayidan bilinib turardi...

To‘y va xursandchilik asboblarini tayyorlashga buyroq berdi va bir necha kun nishot palosini yoyib, totli sharob qadahlarini lola yuzluk soqiylar qo‘lidan sipqordi va ul dilbandi farzandining nom va laqabi Zahiriddin Muhammad Boburga qaror topti. Bir nechta Zuhra peshonali enagalar ul saodatli chaqaloqni emizish va qarovchilik ishiga tayinlandi. Shahzoda balog‘at yoshiga yetgan va oq-qorani ajrata biladigan davr boshigacha izzat va g‘amxo‘rlik beshigi, mehribonlik va komronlik tarbiyasi ostida parvarish topgan ayyomda Andijon o‘lkasi nohiyalarini boshqarish ishiga tayinlanib, o‘sha sarzaminda istiqomat qila boshladi” (Xondamir, 36-38-betlar).