9 fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan kun

9 fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Alisher Navoiy hayotlik chog‘idayoq musulmon sharqida katta dovrug‘ taratgan, uning sheʼrlari o‘zining taʼbiri bilan aytganda Xitoydan Xurosongacha, Sherozu Tabrizgacha yetib borgandi.

 Alisher Navoiy asarlari Yer yuzining ko‘plab tillariga tarjima qilingan.

Alisher Navoiy nafaqat buyuk shoir balki madaniyat va sanʼatning chinakam homiysi sifatida eʼtirof etiladi. Alisher Navoiy o‘z mablag‘lari hisobidan Hirotda va mamlakatning boshqa shaharlarida bir necha madrasa, 40 ta rabot, 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko‘prik, 20 ga yaqin hovuz qurgan yoki taʼmirlattirgan. Ular orasida Hirotdagi “Ixlosiya”, “Nizomiya” madrasalari, “Xalosiya” xonaqohi, “Shifoiya” tibgohi, Qurʼon tilovat qiluvchilarga mo‘ljallangan “Dorul-huffoz” binosi, Marvdagi “Xusraviya” madrasasi, Mashhaddagi “Dorul-huffoz” xayriya binosi va boshqa noyob meʼmorlik yodgorliklari bor.