Moviy gumbazli baland imorat – Oqsaroyning qayta tiklangan bitiklaridan yana biri haqida

Moviy gumbazli baland imorat – Oqsaroyning qayta tiklangan bitiklaridan yana biri haqida

Shahrisabzdagi Oqsaroy kichik g‘arbiy toq ustun (yoki kichik arka) fasadi manglay devorlari yuzasida yirik-yirik harflar bilan yozilgan matn “Ofarin, ey moviy gumbazli baland imorat” deya boshlanadi.

Matn sheʼriy, qofiyali tarzda ko‘k fonga suls xatida yozilgan. Diakritika belgilari muntazam qo‘yilmagan, darvoqe, bu narsa uning yaxshi o‘qilishiga, binoga kirgan har qanday kishi bemalol ko‘rishi imkoniyatiga taʼsir o‘tkazmagan.

Matn g‘arbiy toq ustun bosh fasadining poydevor qismi tepasidan boshlanadi, oldingisiga parallel ravishda yodgorlikning saqlanib qolgan butun balandligiga ko‘tarilib boradi, so‘ngra sharqiy (chap) toq ustunning poydevori tepasida nihoyasiga yetadi. Toq ustunning tepa qismida matn yo‘qolgan. Yo‘qotishlar, shuningdek, matnning boshqa qismlarida ham mavjud. Ana shu matnning davomi (aniqrog‘i, uning yakunlovchi qismi) chap toq ustunda saqlanib qolgan.

Moviy gumbazli baland imorat – Oqsaroyning qayta tiklangan bitiklaridan yana biri haqida
A.L. Kunning aytib o‘tilgan daftarida ushbu matn qalamda, shubhasiz, uning yordamchisi Mirza Abdurahmon aytib turishiga qarab yozilgan. Ayrim yo‘qotishlar yoki shubhali joylar biz tomonimizdan ana shu matn asosida qayta tiklandi.

Ofarin, ey moviy gumbazli baland imorat,

Yuqoridan qaraganda ichida olov yonayotgan

olovdonga o‘xshar.

Qalam uchidan to‘kilgan siyoh, xat yo‘liga tushmish,

Quyoshdan quyosh yo‘liga1 oltin nuqta tushgandek.

Undagi yozuv va naqshlardan iborat bitik

yulduzlarga o‘xshar,

Quyosh yo‘lining o‘zi esa uning kamon qoshidan

belgidir.

Falak uning kamon qoshidan qandilga o‘xshab qolgan,

Quyosh kabi ... lola ...

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Moviy gumbazli baland imorat – Oqsaroyning qayta tiklangan bitiklaridan yana biri haqida