Temuriylar davrida meʼmoriy binolarni bezatishda eng ko‘p foydalanilgan arab yozuvi qaysi?

Temuriylar davrida meʼmoriy binolarni bezatishda eng ko‘p foydalanilgan arab yozuvi qaysi?

Istalgan har qanday holatda ham saqlanib qolgan barcha epigrafik kompozitsiyalar u yoki bu darajada yozuvning tiplari va turli ko‘rinishlarini ko‘zdan kechirish imkoniyatini yaratib beradi.

 Uning ancha oddiy shakli kufiy bannoiy xatidir. Guldor kufiy xati deb olganimiz kufiy muvarraqa xati turini unga yaqin deb hisoblash mumkin. Tag‘in bir xat turi mavjud bo‘lib, u Oqsaroy bitiklarida ko‘proq ishlatilgan arab yozuvining ikkinchi asosiy turi bo‘lmish nasx xatidir. Amir Temur va temuriylar davrida eng ko‘p tarqalgan suls xati – meʼmoriy binolarni dekorativ bezatish uchun ko‘proq foydalanilgan arab yozuvi ornamental usullaridan biridir.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.