Mis kandakorligida islimiy naqshlar

Mis kandakorligida islimiy naqshlar

Mis kandakorligida kompozitsiyalar odatda yotiq va tik bezaklarga asoslangan bir chiziqli; bosh mavzu ajratib ko‘rsatiladigan markazlashtirilgan hamda medalyonlar, to‘pbarggullar va hokazolardan iborat bo‘lgan.

Naqshinkor tasvirlar, asosan islimiy, handasaviy va zoomorf shaklda bo‘ladi. Ayniqsa, chirmovuq poyalar, gullar va yaproqlardan iborat islimiy naqsh turi keng tarqalgan. Islimiy bezaklar idish sathidagi to‘p barggullar, medalyonlar, handasaviy shakllar ichidagi bo‘sh joylarni to‘ldirgan. Islimiy naqshning xilma xil turlari mavjud. 

Shuningdek, idishlar bezagida zoomorf tasvirlar ham uchraydi: chashma bulbul (bulbul ko‘zi), qo‘chqorak (qo‘chqor shoxi), pushti balik (baliq tangachalari) va boshqalar. Baʼzi bir naqshlar tasvirlangan jonivor nomida: kirmak (chuvalchang), zuluk, kapalak, ilon izi, turna va boshqalar. Ayrim atamalar buyumlar nomidan olingan: yelpig‘ich, belanchak, doira va hokazo.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Mis kandakorligida islimiy naqshlar
Mis kandakorligida islimiy naqshlar