Amir Temur davri xattotlik sanʼatining eng aʼlo yutuqlari aks etgan yodgorlik

Amir Temur davri xattotlik sanʼatining eng aʼlo yutuqlari aks etgan yodgorlik

Xattotlik sanʼati nuqtai nazaridan olganda Oqsaroy naqshinkor bezatilishining muhim bir qismiga aylangan arab yozuvi har xil turlarini mahorat bilan qo‘llashga oid yorqin bir misolni o‘zida gavdalantiradi.

Mahobatli yozuvning ishlatilgan turlarida har bittasi, ehtimol, alohida maxsus instrumentlar va materiallarni qo‘llash va foydalanishga asoslangan o‘z texnikasini ham dunyoga keltirgan bo‘lishi mumkin. Materiallar mustahkam va pishiqligi tufayli nafis husnixatlar bilan mayolika va mozaika texnikasida amalga oshirilgan alohida bitiklar bizning zamonamizga qadar yetib keldi, binobarin, ishlatilgan xat turlari ham, yozilgan kitoba bitiklar ham o‘z-o‘zicha mahobatli xattotlik sanʼatining yuksak darajadagi yutuqlari namunalari sanaladi.

Ammo ko‘plab bitiklar yo‘qolgani va yomon saqlanib qolgan parchalar yodgorlikda mo‘l-ko‘l sochilib yotgan matnlarni to‘laqonli qayta tiklashga kirishgan mutaxassislarning urinishlarini jiddiy tarzda murakkablashtiradigan qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Saroyning barcha matnlaridan faqatgina ularning kichik bir ulushi saqlanib qolgan deya alohida taʼkidlashning zarurati yo‘q.

Binobarin, ana shu kichik bir ulushning o‘zi ham Oqsaroy shunchaki yuksak badiiy dekor maydonchasi va namunasiga aylanib qolmasdan, balki Amir Temur davri xattotlik sanʼati eng aʼlo yutuqlari mujassamlashgan ajoyib markaz bo‘lgan bir maskan darajasiga yuksalgan, deya xulosa yasashga imkon beradi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.