Ispaniya elchisi Klavixo eʼtirof etgan O‘zbekistondagi “katta shahar”

Ispaniya elchisi Klavixo eʼtirof etgan O‘zbekistondagi “katta shahar”

XV asr boshlarida Shahrisabz taxminan 5 kv.km maydonni egallagan va mustahkam mudofaa devorlariga ega bo‘lgan.

Shahar istehkom devorlari qarshisida chuqur va keng zovur qazilgan, darvozalar oldida u orqali ko‘tarma osma ko‘priklar yasalgan edi. Ispaniya elchisi Rui Gonzales de Klavixo ham ana shu ko‘tarma ko‘priklardan biri orqali shaharga kirib kelgan. Shahar atroflarida u bog‘lar va uylar ko‘p ekanligini qayd etgan, bu narsa unga Shahrisabzni «katta shahar» deya taʼriflashga imkon bergan edi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida (11-12-sahifa) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.