O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston: sheriklikning yangi bosqichi

O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston: sheriklikning yangi bosqichi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan 24-25-iyun kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

 

Tashrif dasturiga muvofiq, Ulan-Bator shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi do‘stlik va amaliy hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Tovar ayirboshlash hajmini oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, sanoat tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi, konchilik, transport sohalari va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish e’tibor markazida bo‘ldi.

 

Prezidentlar rafiqalari bilan ikki mamlakat san’at ustalarining qo‘shma konsertida ishtirok etdi. "Ix Tenger" majmuasiga tashrif buyurib, an’anaviy "Naadam" o‘yinlarini tomosha qildi.

 

Marosim ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik tobora mustahkamlanib borayotgani, O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston keng qamrovli sheriklik munosabatlarining rivojlanishida yangi bosqich boshlanganining ramzi bo‘ldi.

O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston: sheriklikning yangi bosqichi