MADANIY MЕROS HAFTALIGINING OCHILISHI YUQORI SAVIYADA O‘TDI
Mamlakatimizda 2023-yilning 3–7-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tashabbusi bilan bir qator vazirlik va idoralar hamkorligida “O‘zbekiston madaniy merosi — yangi Renessans asosi” madaniy meros haftaligi hamda “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusidagi xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi o‘tkaziladi. Ushbu tadbirlarga dunyoning 60 ga yaqin mamlakatlaridan yuzlab mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

Poytaxtimizda yaqinda barpo etilgan tadbirlar majmuasida mazkur haftaliklarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirga tegishli vazirlik va idoralar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar vakillari, madaniyat va san’at namoyandalari, jurnalist va blogerlar tashrif buyurishdi.
Marosim avvalida mamlakatimiz madaniy-ma’rifiy sohalaridagi yangilanish jarayonlari haqidagi videorolik namoyish qilindi. Marosimda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, madaniyat va san’atni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tdilar.

“Bugun dunyo miqyosida mamlakatlar asosan iqtisodiy imkoniyatlari bilan emas, qadriyatlari, madaniyati bilan o‘zaro bellashyapti”, — dedi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev. — “O‘zbekiston ham o‘zining tashqi siyosatida birinchi navbatda madaniy salohiyatiga tayanadi. Shu orqali yurtimiz bugun xalqaro miqyosda o‘z imijini yaratmoqda. Bugun boshlanyotgan madaniy tadbirlar ham O‘zbekiston madaniyati va qadriyatlarini targ‘ib etishga qaratilgan”.

“Bugungi anjuman, avvalo, ijod ahlini, madaniyat va san’at vakillarini jamlamoqda”, — dedi Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov. — “Ayni paytda xalqaro darajadagi hamkorlik aloqalarimiz rivojlanib bormoqda. Bunda san’atimiz vakillarining ham munosib o‘rni bor. Bugun ochilayotgan haftalik ana shu hamkorlikni yanada mustahkamlashga, o‘zbek madaniyati va san’atining shuhratini yanada keng yoyishga xizmat qiladi”.
“Biz Yangi O‘zbekistonda milliy kino san’ati rivojiga qaratilayotgan e’tibordan minnatdormiz”, — dedi Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov. — “Ayniqsa, xalqaro andozalarga mos ravishda, yangi ijodiy loyihalar taqdimotini o‘tkazishga mo‘ljallangan yangi bino — tadbirlar majmuasi qurilib, foydalanishga topshirilishi ana shu yuksak e’tiborning yorqin dalili bo‘la oladi”.
“Hamma narsani vaqt hal qiladi, deyishadi”, — dedi O‘zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa’diyev. — “Bir paytlar bunday yirik san’at koshonalarini orzu qilishmiz mumkin edi, xolos. Bugun ana shu orzular amalga oshmoqda. Yurtimizda barcha sohalar qatori, madaniy-ma’rifiy yo‘nalishda ham keng qamrovli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Vatanimiz kundan kunga chiroy ochib, yangidan yangi imoratlar, madaniy-ma’rifiy muassasalar bunyod etilmoqda. Keyingi yillarda O‘zbekiston bir qator xalqaro madaniy tadbirlarga mezbonlik qilmoqda. Xususan, maqom, baxshichilik, hunarmandchilik anjumanlari, Toshkent Xalqaro kinofestivali shular jumlasidan”.
“Uch yil avval xuddi shu yerda, O‘zbekfilm binosida o‘tgan bir nufuzli uchrashuvda o‘zbek kinosining avvalgi shuhratini qayta tiklash masalasi ko‘tarilgan edi”, — dedi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston kino arboblari uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov”. — “O‘tgan qisqa fursat ichida o‘zbek kinosi yana jonlandi. O‘nlab yangi filmlarimiz dunyo yuzini ko‘rdi. O‘zbek kino ustalari yaratgan ko‘plab filmlar xalqaro miqyosda, nufuzli kino anjumanlarida e’tirof etilyapti. Bularning barchasi o‘zbek kinosiga qaratilayotgan ulkan e’tibor natijasidir. Biz kelgusida xalqimizning ishonchini yangi-yangi filmlarimiz, xalqaro darajadagi yutuq va muvaffaqiyatlarimiz bilan qaytarishga qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz”.

Tantanali marosim davomida bayram sayli, ko‘rgazmali chiqishlar, dilrabo kuy-qo‘shiqlar, ko‘ngilochar tomoshalar ishtirokchilarni mamnun etdi.