“Zamonlar chorrahasi: o‘tmishning buyuk merosi – maʼrifatli kelajak poydevori” media-forumi

2017 yilning 28-29 noyabr kunlari Toshkent shahrida “Zamonlar chorrahasi: o‘tmishning buyuk merosi – maʼrifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi bo‘lib o‘tdi.

 

 29 noyabr kuni Rossiyaning “Kultura” telekanali tomonidan “O‘zbekiston: kutilgan yangiliklar” hujjatli filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. O‘tgan asrning 20 yillarida mamlakatimizda yaratilgan nodir audioyozuvlar ilk bor qayta tiklanmoqda. Ular Sankt-Peterburgdagi Rossiya Fanlar akademiyasining rus adabiyoti instituti (Pushkin uyi) fondlarida saqlanadi.

 30 noyabr kuni forum doirasida Rossiya Fanlar Akademiyasi va Fransiya milliy kutubxonasida saqlanayotgan “Sharq yozma yodgorliklari durdonalari” loyihasining yangi turkumi taqdimoti hamda bebaho o‘rta asr qo‘lyozmalarining faksimil nusxalarini O‘zbekistonga sovg‘a qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bular “Kattalangar Qurʼoni”, “Devoni Husayniy”, “Poklik bog‘i”, “Temur tuzuklari” va “Meʼrojnoma”dir.

Tadbir davomida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumi doirasida nashr etilgan navbatdagi beshta kitob-albom va hujjatli filmlarning taqdimoti hamda jahondagi eng yirik kutubxonalar, muzeylar, taʼlim muassasalariga 2500 ta kitob-albom sovg‘a qilish bo‘yicha insonparvarlik aksiyasi o‘tkazildi. Kitoblar 49 davlatning 136 ta muzey va kutubxonalari vakillariga topshirildi.

 

Shu bilan birga, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya, Turkiya, Chexiya, Yaponiya muzey va kutubxonalari olimlari 2018 yilda yangi albomlarni chiqarish bo‘yicha maxsus maʼruzalar qilishdi.