Toshkentdagi 340 ta maktabga “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumidagi 6800 ta kitob-albomlar topshirildi

Toshkentdagi 340 ta maktabga “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumidagi 6800 ta kitob-albomlar topshirildi

1-may kuni “Renessans” kino uyida “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar: asrlar qaʼridan taralayotgan nur” media-tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumidagi kitob-albomlarni bepul olish uchun Toshkent shahridagi 340 ta maktabga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi. 

Media-tadbir O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) tomonidan O‘zbekiston Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tarixiy obidalardagi bitiklarni o‘rganish va to‘liq shifrlash bo‘yicha ko‘p yillik mashaqqatli mehnat natijasida o‘zbek, rus, arab va ingliz tillaridagi maʼlumotlarga ega “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumining 20 ta jildlari nashr etildi.

Tarixiy obidalar epigrafiyasini o‘rganish va to‘liq shifrlash bo‘yicha ko‘p yillik mashaqqatli mehnat natijasida o‘zbek, rus, arab va ingliz tillarida nashr etilgan “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumining 20 ta ko‘p tilli jildlari nashr etildi.

– Mazkur loyiha muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz madaniy-tarixiy merosini o‘rganish, asrab-avaylash va ommalashtirish borasidagi tashabbus va ko‘rsatmalarini hayotga tatbiq etilishining yorqin namunasidir. Butunjahon jamiyati orqali birlashgan olimlar O‘zbekiston tarixida ilk marotaba qadimiy obidalarimizdagi epigrafik yozuvlarni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Bugungi tadbir nafaqat Toshkent shahridagi 340 ta maktabga 20 jildlik kitob va albomlarni beg‘araz tarqatish uchun sertifikatlarni topshirishdan iborat edi. Bu, avvalam bor, maʼrifiy tadbir bo‘lib, biz bu yerda tadqiqotimiz chuqurligini, O‘zbekiston meʼmoriy yodgorliklarining ahamiyatini ko‘rsatish maqsadida sharqshunos olimlarning hujjatli filmlari va maʼruzalarini taqdim etdik. Hukumatimiz tomonidan ajratilgan mablag‘ evaziga nashr etilgan ushbu kitoblar endilikda mamlakatimizdagi har bir taʼlim muassasasi kutubxonasi uchun bebaho manbaga aylanadi”, — dedi loyiha muallifi, WOSCU boshqaruvi raisi doktor Firdavs Abduxoliqov.

O‘zbekiston bo‘ylab hali o‘rganilmagan obidalardagi bitiklarni o‘rganish va shifrlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini akademik Edvard Rtveladze, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov, doktor Baxtiyor Bobojonov kabi o‘zbek va xorijiy olimlardan, hamda, boshqa ko‘plab mutaxassislar va tadqiqotchilar iborat ijodiy guruh amalga oshirdi.

– Bugun Toshkent shahridagi barcha maktablarga “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumining 20 jildli kitob-albomlari yetkazib berildi, – deydi Toshkent shahar maktab va maktabgacha taʼlim boshqarmasi, darsliklar bilan taʼminlash va kutubxona faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Umid Umrzoqov.  – O‘zbekistonimiz Prezidentiga, loyiha mualliflariga, olimlarga, Maktab va maktabgacha taʼlimi vazirligiga, shuningdek, ushbu ajoyib kitoblarning yaratilishida ishtirok etgan barchaga chuqur minnatdorlik bildiraman. Bu kitoblar yoshlarimiz uchun mamlakatimizning tarixiy obidalari, madaniy merosi olamiga o‘z eshiklarini ochadi.  Olingan bilimlar evaziga o‘quvchilar ertaga turizm, madaniyat va ilm-fan rivojiga hissa qo‘shishi, o‘z ona yurtining cheksiz tarixini faxr bilan bo‘lishishini ko‘rishimiz mumkin.  Sizning mehnatingiz, shubhasiz, o‘z mevasini berib, Yangi O‘zbekistonning ilmli avlodlarini voyaga yetkazadi!

Shuningdek, maxsus maʼruzalar bilan fan doktorlari Salima Eshonova, Fayzxo‘ja Mahmudov, Bobur Aminov, Shahlo Abdullayeva, Elmira Gyul qatnashishdi. Mehmonlar O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) faoliyati bilan tanishdi, “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasi qanday amalga oshirilayotgani haqida maʼlumotlar olishdi.

– Samarqand viloyatida tug‘ilib o‘sganman, yodgorliklarni ko‘p marta ko‘rganman, lekin ularning devoridagi go‘zal naqshlar maʼnosi haqida hech o‘ylamagan ekanman, – deydi poytaxtimizdagi Uchtepa tumani 312-maktab direktori Ozoda Haydarova.  – O‘ylaymanki, ushbu ajoyib taqdimot tashkilotchilari nafaqat biz, balki o‘quvchilarimiz uchun ham ushbu loyiha taqdimotini uyushtirishlari, maktablarga kelib, obidalarimizdagi bitiklarda nima yashiringanini haqida aytib berishlari kerak.  Bu, albatta, yosh avlodni qiziqtiradi!  O‘quvchilarim uchun ushbu nashrlar yordamida men ham tarixga ekskursiyalarni amalga oshiraman.

Media tadbiri xalq taʼlimi tizimi vakillariga “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumidagi 20 jildlik kitob-albomlarni bepul olish uchun sertifikatlarni tantanali topshirish bilan yakunlandi.

– Saʼy-harakati bilan ushbu ajoyib nashrni yaratishga o‘z hissasini qo‘shgan barcha olim va tadqiqotchilarga chin dildan minnatdorchilik bildiraman. Biz uni bugun Toshkentdagi maktablarimizda faxr bilan kutib olamiz.  Bu kitoblarning har bir sahifasi ulkan mehnat samarasi ekanini anglash bizda alohida minnatdorchilik hissini uyg‘otadi. Kitoblar o‘qituvchilarimiz uchun bebaho manba bo‘lib, o‘quvchilarimizning darsdan tashqari taʼlim dasturlarini qiziqarli va maʼrifiy materiallar bilan boyitadi.  Bugun biz yodgorliklar nafaqat tarix guvohi, balki hikmat manbalari ekanligini, har bir timsol chuqur muqaddas maʼnoga ega ekanligini bilib oldik.  Bu sirlarni birgalikda kashf etishimiz, anglashimiz kerak.Shu bilan, shubhasiz, madaniy-maʼrifiy tajribamizni boyitamiz, – deydi poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 111-maktab kutubxonachisi Sabohat Salimova.

Aksiya mamlakatimizning barcha hududlarida davom ettiriladi. O‘zbekiston maktablariga 200 ming kitob topshiriladi.